Neymar nima uchun penaltini tepganiga oydinlik kiritdi

28 yanv 2018, 01:28
“PSJ” hujumchisi Neymar Fransiya chempionatining 23-turida “Monpele” ustidan (4:0) qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Braziliyalik futbolchi uchrashuvning birinchi bo'limi oxirlarida penaltini aniq amalga oshirib, “PSJ”ning “Park de Prens” stadionidagi 2000-goliga mualliflik qildi. Bellashuvning 82-daqiqasida u ikkinchi bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.

“Men xursandman, biz g'alaba qozondik, bu muhim. O'ylashimcha, yaxshi o'yin o'tkazdik. Men bu yerda baxtliman, bu erga jamoaning tarixini yaratishga kelganman.

Penalti? Murabbiy o'yindan oldin penaltini men tepishim kerakligini aytdi. Shu sabab Kavani bilan o'rtamizda bu borada hech qanday muammo yo'q”, deya Neymarning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda L'Equipe nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Équipe