Nevill: “Kimdir jonlantirish bo'limiga yo'l olsa, ular nima qilishadi?”

Eldor Akmurzayev
29 apr 2020, 21:30
APLda mavsumni iyun oylarida tiklash rejalashtirilmoqda.

Gari Nevillning fikricha, klublar uchun insonlar salomatligi iqtisodiy manfaatlardan keyin ikkinchi o'rinda turadi.

“Fransiyada bunga hukumat ham aralashdi. Futbolchilarning shartnomasi bilan bog'liq vaziyatda mavsum qanday davom ettirilishini tushunish qiyin. Ehtimol, Bundesligani kutarmiz va voqealar rivojini kuzatamiz.

Yana bir bor aytaman. Agar qaysidir o'yinchi yoki klub xodimi reanimaciyaga yo'l olsa nima bo'ladi? Bunday holatda nima qilish kerakligini hech kim bilmaydi.

Hukumat sog'liq va xavfsizlik nuqtayi nazaridan yashil chiroqni yoqishi shart. Bizga klublarni bir yil himoya qiladigan iqtisodiy yordam zarur", deydi Nevill.


Angliya futboli muxlislari uchun maxsus! Instagramdagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports