Nevill: "Agarda Mourinyo qolganida MYU dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachisini yo'qotardi"

Aslanov Jasurbek
27 dek 2018, 22:25
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Fil Nevill "qizil iblislar" xavbeki Pol Pogbaning o'yinlari haqida gapirdi.

"Balki Pogba Yevropadagi eng yaxshi yarim himoyachidir. Biroq so'nggi 18 oy davomida Mourinyo bilan janjallari tufayli u o'zidan yomon taassurot qoldirayotgandi.

Hozirda unga katta imkoniyat va erkinlik berilmoqda. Pogba yaxshi jismoniy holatda bo'lsa, u jamoaning yetakchisiga aylanadi. U bunday o'yinlari bilan bir mavsumda 12-15 gol ura olishi kerak.

Agarda Mourinyo qolganida MYU dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan birini yo'qotgan bo'lardi deb o'ylayman. Pogba so'nggi o'yinlarda zaxirada qolib ketayotgandi", - dedi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com