Nemanya Vidich: "Moyes hali yigitlarga qattiq gapirgani yo'q"

Tolibjon Qosimov
13 sen 2013, 20:20
"Manchester Yunayted" himoyachisi Nemanya Vidich bosh murabbiy Devid Moyes haqida aytib o'tdi.

"Moyes hali futbolchilarga qattiq gapirgani yo'q. Sababi hozircha hammasi silliq ketmoqda.

Moyesning mashg'ulotlari oldingilaridan farq qiladi. Ammo yangi murabbiy kelgach bu tabiiy holdir.

Barchasi jiddiy tarzda o'zgarib ketdi deyish noto'g'ri bo'ladi, axir o'yinchilar qolishdiku. Ammo Moyes bizga yangi nimadir bermoqchi. Hozircha barchasi ajoyib ketmoqda va men maydonga tushib o'z o'yinimni ko'rsatmoqchiman", – deydi Vidich.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru