Neymar uni "sho'ng'uvchi" deb atagan "Manchester Siti" muxlisi bilan janjallashib qoldi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2015, 10:41
"Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinidan so'ng "Barselona" hujumchisi Neymar bilan noxush voqea yuz berdi.

Neymar uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda, o'z joyini Pedro Rodrigesga bo'shatib berganda ingliz muxlisi uni "sho'ng'uvchi" deb haqorat qildi. Neymar esa u bilan janjallashib ketdi. Bu holat o'yin yakunlanganishigacha davom etdi. Braziliyalik futbolchini styuardlardan biri to'xtatib qoldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com