"Neftchi"ning yangi o'yinchilari qaysi raqamlarda o'ynashadi? FOTO

Narzulla Saydullayev
2 avg 2014, 10:48
Bugun Farg'onada "Neftchi" klubi ikkinchi davra oldidan jamoa safiga qo'shilgan yangi futbolchilarni tanishtirdi.
Taqdimot marosimi 2 qismdan iborat bo'ldi. Birinchi qismda jurnalistlar va muxlislar rahbariyat hamda futbolchilar bilan jonli muloqot tashkil etildi. Shundan so'ng ikkinchi qism davom ettirildi. Unda yangi futbolchilar o'z mahoratlarini muxlislarga ko'rsatib quyishdi.

Yangi uyinchilarga quyidagi raqamlar taqdim etildi: Akmal Xolmatov - 88, Sherzod Xakimov - 90, Sardor Rahmonov - 33, Umid Qodirov - 6, Sardor Mirzaev - 71, Andrey Akopyanc – 55.

Tadbir borasidagi batafsil ma'lumot yaqin vaqt ichida saytimizda beriladi.

Komiljon Ikromov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia