"Neftchi" qarzlarini to'ladi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2025
Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati ma'lum qildi.

O'zbekiston futbol associaciyasi huzuridagi Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi tahlil qilinib, qo'mita qarorlariga muvofiq, klublarga mavjud qarzdorliklarni belgilangan muddatda to'liq bartaraf etish majburiyati yuklatilgan edi.

Hozirgi kunga kelib jamoa sobiq futbolchilari - Azizbek Amonov, Manuchehr Safarov va Shohruh G'adoev oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlar to'liq bajarildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати