

Yangi mavsum boshlanish arafasida juda ko'plab muxlislar abonement sotib olish istagini bildirishmoqda. Ushbu istak va takliflarni inobatga olgan holda 20 fevraldan boshlab klub o'z muxlislari uchun 1 yillik abonement sotishni boshladi.
Muxlislarga ushbu abonement 2025 yilgi mavsum davomida, Istiqlol stadionda o'tadigan jamoamiz ishtirokidagi O'zbekiston Superligasi hamda kubogi uchrashuvlariga kirish imkoniyatini beradi.
Abonement qulayliklari:
1. Chiptaxonalarda uzoq va uzun navbatda turilmaydi.
2. abonementi bor muxlis stadionga kirish uchun maxsus abonementliklar uchun ajratilgan eshikdan kiradi.
Abonementlarni sotib olish uchun Neftchi klubi marketing bo'limiga murojaat qilish mumkin. Abonementlarni naqd pul, plastik kartochka va pul o'tkazish orqali sotib olish mumkin. Abonementlarning asosiy qismi markaziy sektorlardan bo'lib abonementlar soni chegaralangan, - deyilgan Neftchi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.
Chiptalar Istiqlol stadioni kassalarida , Farg'ona shahar dehqon bozoriga kirishdagi avtoturargohda joylashgan maxsus kassalar va Marg'ilon shahrida joylashgan Ansor savdo majmuasiga kirish qismidagi kassada sotilmoqda!
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+99890 630 98 64



