"Neftchi" muxlislar klubining ilk yig'ilishi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
29 mar 2015, 14:26
28 mart, soat 10:00da Farg'ona viloyat drama teatrida “Neftchi” muxlislar klubi o'zining ilk yig'ilishini o'tkazdi.
Yig'ilishda klub raisi - Tohir Kapadze, Farg'ona viloyat futbol federatsiyasi Vice-prezidenti  - Salim Zokirov,  “Fan - klub” raisi – Abdurahim Alamov, ustoz jurnalist, Farg'ona futbolining jonkuyari -  Doniyor Ergashev va futbol faxriylari, jurnalistlar ishtirok etishdi.  

Yig'ilishda 4ta masala hal qilindi.
 
1. “Muxlislar klubi” a'zolik arizalari ko'rib chiqildi va birinchi 145 nafar a'zo “fan-klubiga” qabul qilindi.

2. “Muxlislar klubi” nizomi (ustavi) tasdiqlandi.

3. 4 aprel kuni “Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadigan ilk uchrashuvga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqildi.

4. Rahbariyat bilan savol-javob o'tkazildi.

Qadrli muxlislar, “Fan–klubga” a'zo bo'lishni xohlagan futbol ishqibozlarga quyidagi telefon bilan bog'lanish tavsiya etiladi: +998-95-400-16-43.


“Neftchi” PFK matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz