"Neftchi" Joel Kojo uchun qancha sarflashi ma'lum

Khoja
24 iyul 2025
Eronning “Istiqlol“ hujumchisi Joel Kojo faoliyatini yana yurtimizda davom ettirishga yaqin.

Futbolchi ikkinchi davrani "Neftchi"da o'tkazadi. Fag'onaliklar hujumchini yarim yilga ijaraga olmoqda jami 225 ming dollar sarflashadi (bu erda futbolchining ijara puli va maoshi) keltirilgan. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, “Istiqlol“ Joel Kojoni “Dinamo“dan yanvarda 300 ming dollarga sotib olgandi. Hujumchining o'zi bilan esa 3,5 yillik shartnoma imzolagandi. Hujumchi eronliklar safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia