

Marosimda Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti Odiljon Ahmedov, Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Ko'tarinki kayfiyatda o'tgan mazkur marosimda "Neftchi" futbol klubining Qirguli mavzesida qaytadan bunyod etilgan zamonaviy qarorgohi va "Neftchi-arena" foydalanishga topshirildi.








