"Neftchi": Bugundan yig'in davom etadi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2017, 07:46
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi bugundan yana mashg'ulotlarga qaytadi. Toshkent yig'inidan so'ng jamoa a'zolariga qisqa tatil berilgan edi.

Jamoa futbolchilari bugundan Qirgulidagi  qarorgohda yig'ilishadi va “Hokim Kubogi-2017” doirasidagi o'yinlarga tayyorgarlik jarayoni boshlanadi.

Ma'lumot o'rnida, “Neftchi” jamoasi ushbu turnirda ikki tarkibda bo'lingan holda “Neftchi-1” hamda “Neftchi-2” nomlari ostida o'z imkoniyatini ishga soladi.

“Neftchi-1” jamoasi turnirdagi birinchi o'yinini Farg'ona shahrining yana bir jamoasi “Istiqlol”ga qarshi o'tkazadi. Birinchi ligada debyut mavsumini qarshi olayotgan “Istiqlol” vakillari ilk turda musobaqa grandiga qarshi bahs yuritadi. Bu bellashuv 28 yanvar kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida soat 14:30da boshlanadi.

“Neftchi-2” ham 28 yanvar kuni o'ynaydi. Shu kuni jamoamizning yana bir tarkibi “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi kurashadi. Bu o'yin ham “Neftchi” SKda o'tkazilanadi. Bahsning boshlanish vaqti 11:00ga belgilangan.

“Neftchi” matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz