
Murodjon Ismoilov bugun o'zining 45 yoshini nishonlaydi. Shu munosabat bilan “Neftchi” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi va barcha futbolchilar va jamoa muxlislari Murodjon Ismoilovni chin yurakdan tabriklaydi. U kishiga sog'liq-salomatlik va keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.