"Neftchi" Ashurmatov uchun "Rubin"ga 500 ming dollar to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2025, 21:51
Katta ehtimol bilan yangi mavsumda chempionlikni oldiga maqsad qo'ygan "Neftchi" tarkibni kuchaytirishda davom etmoqchi.

Hozirgacha o'z safiga O'zbekistonning nomdor futbolchilarini yig'ishga ulgurgan Farg'ona klubi endi xorijda to'p tepayotgan o'zbekistonliklar bilan shartnoma tuzmoqchi.

Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'z kanalida "Neftchi" O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatovni "Rubin"dan sotib olmoqchiligini yozdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Farg'ona klubi Ashurmatov uchun taxminan 500 ming dollar sarf qilmoqchi, Qozon klubi esa 1 mln. dollar so'rayapti.

Bundan tashqari, "Penalti" kanalida so'nggi mavsumni Qozog'istonning "Astana" klubida o'tkazgan Ibrohim Halil Yo'ldoshev "Neftchi"ga o'tishi mumkinligi yozilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia