"Neftchi" akkreditatsiya jarayonini boshladi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2016
Farg'onaning “Neftchi” klubi OAV vakillari uchun akkreditatsiya jarayonini boshlaganini ma'lum qilamiz.

Joriy mavsumda “Neftchi” jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni yoritish, o'yindan keyingi matbuot anjumanlarida ishtirok etish, bellashuv qatnashchilari bilan bevosita suhbat qurish joyi bo'lmish mikst-zona hamda darvozalar ortiga (fotomuxbirlar uchun) o'tib borish huquqini beradigan ruxsatnoma kartochkalarini olish uchun jurnalistlardan 12 fevraldan 1 martga qadar arizalar qabul qilinadi.

Buning uchun OAV vakillari “Neftchi” PFK matbuot xizmatiga  o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditatsiyadan o'tkazish uchun xat, 3x4 hajmdagi fotosurat va pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi. Hujjatlar pfkneftchi@mail.ru  manzilida elektron shaklda qabul qilinadi.

Neftchi PFK matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz