Nazorat uchrashuvi. "So'g'diyona" Bosniya jamoasi darvozasiga 3ta gol urdi, ammo g'alaba qozona olmadi

Aslanov Jasurbek
2 fev 2023, 00:13
Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko'rayotgan "So'g'diyona" Bosniya va Gertsegovinaning "Sloga Doboy" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

"So'g'diyona" matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bahs 3:3 hisobida yakun topgan.

"So'g'diyona" - "Sloga Doboy" (Bosniya va Gertsegovina) 3:3

Gollar: Javohir Qahramonov, Stanislav Andreev, Stanislav Andreev (pen.) - Demir Petso, Mario Kristovski, Pavel Baranov.

"So'g'diyona": Shirinboy Abdullaev, Marko Kolakovich, Tarik Isich, Bobur Yuldoshev, Muxammadali Yuldoshev, Xislat Xalilov, Iskandar Shoykulov, Javoxir Qaxramonov, Alisher Salimov, Sanjar Shoahmedov, Jenan Zaymovich

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia