Nazorat uchrashuvi. "Neftchi" - "Lokomotiv" 3:2

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2013, 20:26
Toshkentda yig'in o'tkazayotgan "Neftchi" bugun navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
“Neftchi”ning bu galgi raqibi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan “Lokomotiv” jamoasi bo'ldi. O'yinda “Neftchi” futbolchilari kichik hisobda g'alaba qozonishdi. Jamoamizdan birinchi golni “Loko”ning sobiq hujumchisi Zayniddin Tojiev kiritdi. Bu yaqinda jamoamiz safiga kelib qo'shilgan Tojievning “Neftchi” tarkibidagi ikkinchi goli sanaladi. Zayniddin yakshanba kuni bo'lib o'tgan “Olmaliq”qa qarshi o'yinda ham raqib darvozasini ishg'ol etgandi.

Ikkinchi golni yana bir yangi o'yinchi Vyacheslav Ponomaryov kiritgan bo'lsa, uchinchi gol Sardor Soipov hisobiga yozildi. Shunday qilib, jamoamiz ikki kunda ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi va har ikkisida ham g'alaba qozondi.

Nazorat uchrashuvi
Lokomotiv - Neftchi 2:3
Gollar
: Tojiev, Ponomaryov, Soipov. 
“Neftchi” birinchi bo'limda maydonga tushganlar: Farrux Turdaliev, Shavkat Nasibullaev, Vyacheslav Ponomaryov, Anton Monaxov, Abduqahhor Hojiakbarov, G'ayrat Jumaev, Mirzakamol Kamolov, G'ulom O'runov, Sanjar Asqaraliev, Zayniddin Tojiev, Otabek Isroilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: G'ayrat Hasanov, Shukurali Po'latov, Sardor Mirzaev, Nosir Otaqo'ziev, Mo'ydin Mamazulumov, Dilyorbek Ermatov, Iqbol Boboxonov, Sardor Soipov.


“Neftchi” PFK Matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz