Nazorat o'yini. "Dinamo" "Bunyodkor" U-18 jamoasi darvozasiga 10ta gol urdi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023, 16:04
"Dinamo" jamoasi Qirg'izistondagi yig'in doirasidagi dastlabki nazorat bahsini o'tkazdi.

Unda samarqandliklar "Bunyodkor" yoshlar jamoasiga (U-18) qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Vadim Abramov legionerlar va tajribali o'yinchilarni emas, asosan yosh tarkibni sinovdan o'tkazdi. O'yinda "dinamochilar" yosh "qaldirg'ochlar"ni o'ta yirik hisobda mag'lub etdi – 10:1. Shu kuni samarqandlik yosh hujumchi Elnur Saitmurodov 6ta golga mualliflik qilgan bo'lsa, Valeriy Akopov, Javlon Malikov hamda ko'rikda bo'lgan Abubakir Mo'ydinov va Vladimir Kozak hisobiga gol yozib qo'ydi. 

"Dinamo" jamoasining asosiy tarkib o'yinchilari ham bugun o'yin o'tkazadi. Unda Qirg'iziston chempionati vakili "OshMU-Aldier" raqiblik qiladi.

Nazorat uchrashuvi. Issiqko'l.

"Dinamo" - "Bunyodkor" U-18 – 10:1

Gollar: Elnur Saitmurotov 6ta, Akopov, Malikov, Kozak, Mo'ydinov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia