“Navro'z kubogi-2016”: ikki kun natijalari

Narzulla Saydullayev
25 mar 2016, 18:59
23-28 mart kunlari “Bunyodkor” futbol klubi bahorgi tatildan unumli foydalangan holda 2001 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida musobaqa o'tkazmoqda.

“Navro'z kubogi-2016” deb nomlangan musobaqada jami 8ta jamoa ikkita guruhga bo'lingan holda ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar “Bunyodkor” futbol maktabi maydonlarida o'tkazilmoqda.

Turnirning ikkinchi kun natijalari bilan tanishing:
“A” guruhi
“Andijon” – “Navbahor” 3:2
“Bunyodkor” – “Zarafshan” 7:0

“V” guruhi
“Nasaf” – “Yangier” 7:1
“Buxoro” – “Neftchi” 1:1

Ortda qolgan ikki tur natijalariga ko'ra, “A” guruhida “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari 6 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda. “Andijon” va “Navbahor” jamoalarida uchtadan ochko bor. Navoiyliklar hisobida hozircha ochko yo'q.

“B” guruhida esa qarshiliklar hozircha yo'qotishlarsiz borishmoqda. “Buxoro” jamoasida 4 ochko mavjud. Farg'onaliklarda bir ochko, yangierliklar esa hozircha ochko jamg'arishmagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com