Navoiy viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari taqdirlanishdi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2020, 12:47
4 yanvar Navoiy shahridagi Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi majlislar zalida viloyat hokimi Q.B.Tursunov ishtirokida Hududiy sektor rahbarlari va yoshlar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Ushbu yig'ilishda Navoiy viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishdi. Yig'ilish davomida viloyat hokimi va viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Q.B.Tursunov akademiya yoshlarini yil davomida Respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtiroki uchun esdalik sovg'alari bilan taqdirlab, kelgusidagi musobaqalarda ham omad tiladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia