“Navbahor”ni yetakchilar tark etmoqda

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2019, 13:23
Ayni damda yangi mavsumga o'z qarorgohida tayyorgarlik ko'rayotgan “Navbahor” safini yaqin ikki nafar yetakchi futbolchilari tark etdi.

Futbolchilik faoliyatining ko'p qismini “lochinlar” tarkibida o'tkazgan mahalliy – Dilshod Jabborov va A'zam Aliev jamoa lagerini tark etgan. Shuningdek hujumchi Ro'zimboy Ahmedov ham ayni damda namanganliklarning mashg'ulotlarida ko'rinish berayotgani yo'q.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Jabborov bilan Aliev Termizning “Surxon” jamoasi safiga borib qo'shilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia