"Navbahor" yarim himoyachisi Kanchelskis bilan birga jamoani tark etgan

9 okt 2020, 22:13
Bu haqda "Match TV" xabar qildi.

Kanchelskis rus klublaridan birida ish boshlaydi 

Xabaringiz bor, joriy mavsum arafasida Namanganning "Navbahor" klubi hujumkor yarim himoyachi Pavel Golishev bilan shartnoma imzolagan edi. Ma'lum bo'lishicha, rossiyalik o'yinchi Andrey Kanchelskis bilan birga jamoani tark etgan. U Superliga doirasida "lochinlar" safida 9 o'yin o'tkazdi va maydonda umumiy hisobda 278 daqiqa harakatlandi.

Ma'lumot uchun, Golishev "Navbahor"ga qadar "Spartak", "Moskva", "Krasnodar", "Tosno", "Tom" va "Nijniy Novgorod" klublarida to'p tepgan.

Rossiyalik futbolchi: “O'zbekiston Superligasining saviyasi ancha kuchli”

O'xshash yangiliklar


Manba: Матч ТВ