

Ilk mashg'ulot kecha “Markaziy” o'yingohning zaxira maydonida o'tkazildi. Tayyorgarlikni “Navbahor”ning yordamchi murabbiylari - A'zam Rajabboev va Mustafo Bayramov olib borishdi.
Takidlash joizki, dastlabki mashg'ulotda mahalliy o'yinchilar bilan birgalikda rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov ham ishtirok etdi.
Shuningdek, tayyorgarlik jarayoni davomida namanganlik yosh hamda iqtidorli futbolchilarning ko'rikdan o'tishayotganligini ham aytish joiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati




