"Navbahor" Turkiyadagi ilk bahsda g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2019, 16:47
Ayni paytda Namanganning “Navbahor” klubi o'z o'quv- mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazmoqda.

Mazkur yig'in doirasidagi ilk nazorat-sinov bahsida "lochinlar" Ruminiyaning “Universitatya - Kluj” klubiga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol uchrashuvning 30-daqiqasida penaltidan urildi. O'n bir metrlik jarima zarbasini serbiyalik himoyachi Slavko Lukich aniq amalga oshirdi.

Mazkur o'yinda “lochinlar” ustozi Andrey Kanchelskis quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi: O'tkir Yusupov, Igor Golban, Hojiakbar Yunusov, Jahongir Mehmonov, Slavko Lukich, Abdujamol Isroilov, Shahzod Shaymanov, Abbos G'ulomov, Ivan Solovyov, Zafar To'raev, Aleksandr Kasyan.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Obid Jo'raboev, G'iyos Komilov, Bahodir Nasimov, Kamron Najafaliev, Jasur Azimov.

Ushbu bahsning 66-daqiqasida Abdujamol Isroilov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.  Natijada  "Navbahora" vakillari maydonda bir kishi kam bo'lib qolishdi. Shunday bo'lsa-da, “lochinlar”  g'alabani saqlab qolishning uddasidan chiqishdi.

“Navbahor” Antaliyada yana 2 ta nazorat-sinov uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan. “Lochinlar”ning keyingi raqiblari Shveytsariya va Turkiya jamoalari bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz