"Navbahor" Turkiyada "Alashkert"ni mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
13 fev 2022
Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borayotgan "Navbahor" Armanistonning "Alashkert" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

1:0 hisobida "lochinlar" g'alabasi kuzatilgan o'yindagi yagona golni Andrey Sidorov kiritdi.

Nazorat-sinov o'yini

“Navbahor” – “Alashkert” (Erevan) – 1:0

Gol: Andrey Sidorov.

“Navbahor”: Rahimjon Davronov, Xurshidbek Muxtorov, Bobur Mo'ydinov, Abbos G'ulomov, Hojiakbar Yunusov, Sardor Telyakov, Jamshid Boltaboev, Asad Sobirjonov, Islom Kenjaboev, Ehsoni Panshanbe, Ibrohim G'anixonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Muzaffar Mo'minov, Andrey Sidorov.

"Navbahor" Turkiya yig'inlari doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 16 fevral kuni "Ximki"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати