"Navbahor": "So'g'diyona"ga qarshi o'yin 17.00 da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2015, 08:25
Oliy liga to'rtinchi tur bahclari boshlanish vaqtlari ma'lum bo'ldi. 11 aprel (shanba) kuni "Navbahor" "So'g'diyona"ni Namangandagi "Markaziy" o'yingohda qabul qiladi.
Bu uchrashuvga soat 17.00 da start beriladi. Eslatib o'tamiz, bu uchrashuvni Baxtiyor Namozov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Yoshlarimizning jizzaxlik tengqurlari bilan o'zaro bellashuvi bir kun avval 10 aprel (juma) sanasiga rejalashtirilgan. To'raqo'rg'ondagi "Yoshlik" o'yingohidagi o'yin 16.00 da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz