

Xabaringiz bor, “Navbahor” klubi o'zining uy uchrashuvlarini o'tkazuvchi stadion maysasi O'zPFL talablari darajasiga keltirildi. Undagi ilk rasmiy uchrashuvni yuz minglab futbol muxlislari intizorlik bilan kutishmoqda. 4 may kuni “Navbahor” mana shu stadionda Jizzaxning “So'g'diyona” klubini qabul qiladi. Superligasining 7-turidan joy olgan uchrashuv ochilish marosimi nuqtayi nazaridan kech soat 19:00 da boshlanadi.
Avvalroq O'FA birinchi vice-prezidenti Andijondagi “Sog'lom avlod”ning qayta ochilishida ham ishtirok etgandi. Bungacha esa u Surxondaryoga tashrif buyurib, “Surxon” futbol klubi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirgandi.



