

Milliy Futbol Ligasining "Enisey" klubiga qarshi kechgan bahsda namanganliklar Ibrohim Yo'ldoshevning 45-daqiqada urgan goli evaziga zafar quchishdi.
"Navbahor" – "Enisey" 1:0
Gol: Ibrohim Yo'ldoshev 45' (golni tomosha qilish uchun LINK)

Kecha "Rubin"ga yirik hisobda imkoniyatni boy bergan "Navbahor" bugun yana nazorat bellashuvida qatnashdi. Faqat bu safar jamoa 30 daqiqadan 2 taym o'ynadi.
Alohida aytish joiz, Samvel Babayan ushbu bahsda asosan kecha kam o'ynagan futbolchilar xizmatidan foydalandi, "Navbahor"ni maydonga sardor sifatida Vladimir Kozak boshlab tushdi.



