"Navbahor": Mashg'ulotlar 6 iyundan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2017, 17:06
Xabaringiz borki, milliy terma jamoamizning JCH-2018 saralash turniridagi ishtiroki tufayli oliy ligada 14 iyunga qadar kichik tanaffus e'lon qilingan.

Farg'onaning “Neftchi” klubiga qarshi o'tgan kubok javob uchrashuvidan keyin jamoamiz a'zolari qisqa muddatlik tatilga chiqishdi. Futbolchilarimiz ma'lum vaqt davomida hordiq chiqarish imkoniga ega bo'lishadi. Jamoamiz birinchi davraning qolgan uchta o'yiniga tayyorgarlikni 6 iyun kuni boshlaydi. Dastlabki rejaga ko'ra jamoamiz a'zolari mashg'ulotlarga Namanganda kirishishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz