"Navbahor" klubi "Bunyodkor" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Tolibjon Qosimov
28 dek 2018, 15:48
Namanganning "Navbahor" klubi transfer oynasida faol bo'lishi kutilmoqda.

Biroz avval saytimiz orqali "lochinlar" yarim himoyachisi Oston O'runov jamoani tark etgani haqida xabar bergan edik.

Oston O'runov "Navbahor"ni tark etdi


"Navbahor" jamoasi ayni paytda "Bunyodkor" o'ng qanot himoyachisi Dilshod Ahmadalievga qiziqish bildirmoqda.

So'nggi paytlarda Andrey Kanchelskis bosh murabbiyligidagi "Navbahor"ning bir qator futbolchilarga qiziqayotgani haqida xabarlar berib bormoqdamiz. Yakunda aynan qaysi o'yinchilar bilan shartnoma imzolanadi, buni vaqt ko'rsatadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia