"Navbahor" kelasi mavsum OCHLda o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
2 noya 2022, 23:01
Namanganning "Navbahor" klubi kelasi mavsum Osiyo Chempionlar ligasida o'ynaydigan bo'ldi.

O'zbekiston chempionati yakunlanishiga bir nechta tur qolganida namanganliklar OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. "Lochinlar" kamida to'rtinchi o'rinni egallashadi. Hozircha ular turnirni guruh bosqichi yoki pley-off o'yinlaridan boshlashi aniq emas. Ayni damda faqat "Nasaf" guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Ikkinchi to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma mamlakat ligasi g'olibi yoki "Nasaf" chempion bo'lgan taqdirda kumush medallari sohibiga nasib etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia