"Navbahor": Jamoamiz "Geofizika"da to'plandi

Aziz Tukhtamuradov
18 avg 2015, 17:54
18-turdan o'rin olgan “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangach, murabbiylar futbolchilarimizga ikki kunlik tatil e'lon qilishgandi.

“Vodiy derbi”sida ortirilgan charchoqlarni yozgan jamoamiz a'zolari bugun “So'g'diyona” bilan o'tadigan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlashadi. Jizzaxda bo'lib o'tadigan o'yinga hozirlik Toshkentda olib boriladi. Ayni paytda futbolchilarimiz poytaxtda to'planishga ulgurishdi. Birozdan so'ng esa mashg'ulot ham boshlanadi. Jamoamizning bu safargi yig'ini ham “Geofizika” qarorgohida bo'lib o'tadi. 21 avgust kuni esa jamoamiz delegaciyasi Jizzax sari yo'lga tushadi. 22 avgust kuni esa Jizzaxdagi o'yingohda 19-turdan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz