

"Shohmalik Komilovning "Navbahor" bilan shartnomasi bugun tugadi.
Unga "Lokomotiv", "Bunyodkor" va Superliganing yana 3 ta jamoasi qiziqmoqda, ammo futbolchi birinchi navbatda "Navbahor" va namanganlik muxlislar hurmati amaldagi jamoasi taklifini ko'rib chiqadi. Bu haqda futbolchining agenti Shahboz Beg'amov ma'lum qildi", – deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Shohmalik Komilov ushbu mavsumda 30 o'yinda 1 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi.



