
Tibbiy ko'rikdan poytaxtdagi yig'inda qatnashayotgan 23 nafar futbolchining barchasi o'tganligini qo'shimcha qili joiz. Shifokorlar tekshiruvining yakuniy xulosasi esa ertaga e'lon qilinadi. Jamoamiz 24 yanvar kuni avval xabar berib o'tganimizdek, “Olmaliq” klubiga qarshi poytaxtdagi dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Ertasiga esa murabbiy va futbolchilarimiz O'zbekiston futbol federatsiyasi hakamlar bo'limi tomonidan tashkil etiladigan futbol qoidalari va unga kiritilgan o'zgarishlarga bag'ishlangan o'quv-seminarda ishtirok etishadi. 31 yanvar kuni bo'lib o'tadigan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida esa jamoamizga Jizzaxning “So'g'diyona” klubi raqiblik qiladi.