"Navbahor" bugun "Gelaksi"ga qarshi maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2024, 15:30
Namanganning "Navbahor" klubi Turkiyadagi yig'inni davom ettirmoqda.

Bugun "lochinlar" JARning "Gelaksi" klubiga qarshi nazorat uchrashuv o'tkazishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" yig'in doirasidagi ilk uchrashuvni Qozog'istonning "Qiziljar" klubiga qarshi o'tkazib 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi. "Lochinlar" 21 va 27 yanvar kunlari Rossiyaning “Axmat” (Grozniy) hamda Bolgariyaning “Spartak” (Varna) jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia