"Navbahor" "Al Hilol"ga qarshi o'yinda oq libosda harakat qiladi

Administrator
17 sen 2023, 22:40
Ertaga OCHL birinchi turidan o'rin olgan "Al Hilol" – "Navbahor" uchrashuvi start oladi.

Bugun "Al Hilol" qarorgohida ikki jamoa ishtirokida miting bo'lib o'tdi. Mazkur o'yinoldi tadbiri davomida ertangi o'yinga oid tashkiliy masalalar, shuningdek, bo'lajak bahsda har ikki jamoa futbolchilarining qanday liboslarda maydonga tushishlariga ham oydinlik kiritildi. 

Unga ko'ra, ertangi uchrashuvda "Al-Hilol" o'yinchilari ko'k, "Navbahor" a'zolari esa oq rangli futbolkalarda maydonga tushadigan bo'lishdi. 

Eslatib o'tamiz, “Al-Hilol” – “Navbahor” o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати