“Navbahor” 1996 yil chempionlikni qo'lga kiritganda tarkibda kimlar bo'lgan?

Narzulla Saydullayev
2 apr 2020, 12:30
Uzoq yilik tarixga ega “Navbahor” 1996 yilda O'bekiston chempioni bo'lganini bilsangiz kerak.

Bugun ushbu jamoaning jonkuyar muxlislarining talabiga binonan chempionlikka ega chiqqan tarkibni va murabbiylarni yodga olamiz.

“Lochinlar” uchun ushbu yilda tarixdagi eng yaxshi mavsumlaridan birini o'tkazgandi. Jamoa Oliy ligada ishtirok etuvchi barcha 16 jamoani ortda qoldirib yakunda oltin medallarga ega chiqqandi. “Navbahor” 1996 yilgi milliy chempionatimizda 30ta uchrashuvning 23tasida g'alaba qozonadi, 5ta uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan bo'lsa, ikki bahsda mag'lubiyat alamini tortishga majbur bo'ladi. To'plar nisbati 88-23ni, ochkolar esa 74tani tashkil etadi. Shundan bilsa bo'ladiki Viktor Jalilov shogirdlari mavsumni yuqori darajada yakunlashgan.

Jamoa boshlig'i sifatida “Bunyodkor”dagi faoliyati bilan tanilgan Baxtiyor Boboev ishlagan. Hozirgi kunga kelib barcha klublarning murabbiylar shtabidanto'rt, besh nafargacha mutaxassislar joy oladi. O'sha vaqtlarda namanganliklarni o'yinlarga ikkita murabbiy tayyorlagan. Bular Viktor Jalilov va Vladimir Yatchenko. Demak, umumiy tarkib quyidagi ko'rinishda bo'lgan:

Darvozabonlar: Dmitriy Bashkevich, Oleg Belyakov
Himoyachilar: Baxtiyor Tog'aev, Marat Dilmuhammedov, Farhod Magometov, Saydullo Tursunov, Mustafo Bayramov, Gennadiy Denisov, Sergey Arslonov, Eduard Mamotov.
Yarim himoyachilar: Ilhom Sharipov, Abduqahhor Marufaliev, Anvar Asadullaev, Dmitriy Batinkov, Aleksey Vinnikov, Tohir Madrahimov.
Hujumchilar: Oleg Shackix, Yorpo'lat Yoraliev, Zafar Musaboev, Dilshod Aliev, Anvar Soliev


2016 yilgi mavsumda ushbu chempionlikka 20 yil to'lishi munosabati bilan o'ziga xos shou tadbir uyushtirilgandi. Unda bir qancha sobiq futbolchilar qatnashgandi.


OLIY LIGA-2016 MUSOBAQA JADVALI

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

NAVBAHOR

30

23

5

2

88-23

74

2

NEFTCHI

30

23

3

4

72-30

72

3

MHSK

30

18

8

4

80-41

62

4

DO'STLIK

30

17

4

9

52-38

55

5

NURAFSHON

30

15

5

10

52-39

50

6

PAXTAKOR

30

15

3

12

50-30

48

7

TRAKTOR

30

12

7

11

46-43

43

8

NAVRO'Z

30

11

8

11

44-51

41

9

ATLASCHI

30

11

3

16

48-62

36

10

DINAMO S

30

11

1

18

36-46

34

11

YANGIER

30

10

3

17

43-55

33

12

SO'G'DIYONA

30

9

5

16

42-58

32

13

KOSONSOY

30

9

3

18

32-61

30

14

MASH'AL

30

8

4

18

28-64

28

15

DINAMO U

30

8

3

19

36-67

27

16

ASK

30

4

7

19

29-70

19



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia