

Unda "lochinlar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Shu tariqa "Navbahor" 11 yildan so'ng Toshkentda "Lokomotiv"ni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.
Bundan oldin bu jamoalar o'rtasida Toshkentda o'tgan oxirgi 10ta o'yinning barchasida "Lokomotiv" zafar quchgandi. "Navbahor" ushbu raqib maydonidagi birinchi g'alabasini 2010 yilgi mavsumda qo'lga kiritgandi.
E'tiborlisi 2010 yilgi mavsumda ham "Navbahor"da Viktor Jalilov bosh murabbiy edi.



