Navas va Xoland - CHLda hafta o'yinchisi bo'lish uchun da'vogarlar

Alisher
11 mar 2021, 11:22
UEFA shu haftada o'tkazilgan CHL 1/8 final javob o'yinlarining eng yaxshi o'yinchisini aniqlash borasida so'rovnoma tashkil etmoqda.

Da'vogarlar ro'yxatidan 4 futbolchi joy oldi.


"Sevilya"ga qarshi o'yin (2:2)da dubl qayd etgan Dortmundning "Borussiya" jamoasi forvardi Erling Xoland.

"Yuventus" (2:3)ga 2ta gol urgan "Portu" yarim himoyachisi Serjiu Oliveyra.

"RB Leyptsig" (2:0)ga qarshi o'yinda 79% uzatmasi aniq bo'lgan va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "Liverpul" xavbeki Fabino.

"Barselona" (1:1)ga qarshi o'yinda 9ta seyv ijro etgan va Lionel Messining penaltidan yo'llagan zarbasini qaytargan PSJ posboni Keylor Navas.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com