Navas PSJdan ketishni istamoqda

Mirjalol Normatov
24 apr 2022, 11:15
PSJ rahbariyati darvozabon Keylor Navasning ketishiga tayyor.

So'nggi paytlarda Janluijji Donnarumma jamoaning asosiy posboniga aylanib borayotgani sababli Keylor boshqa jamoa tarkibida o'zini sinab ko'rmoqchi.

Oldinroq posbon o'z intervyusida rotaciyada sinab ko'rilayotganidan mamnun bo'lmayotganini aytgandi. Uning klub bilan kelishuvi yana bir mavsum amal qiladi.

Ushbu mavsumda Navas chempionatning 18 o'yinida qatnashib, 15 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal