Navas: "Agar murabbiy kyetishim kerakligini aytsa, shunday qilaman"

Aslanov Jasurbek
4 apr 2019
"Real" darvozaboni Keylor Navas "Valensiya"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng, o'zining klubdagi holati haqida fikr bildirdi.

"Agar murabbiy kyetishim kerakligini aytsa, shunday qilaman. Ammo menda shartnoma bor, hozircha kelajagim "Real"ga bog'langan. Doimo murabbiyni men darvozaga turishim kerakligiga ishontirishga harakat qilaman. Shu erda bo'lishni istayman, ammo ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Mavsumni yaxshi yakunlab olishimiz kerak. Klub sharafi uchun kurashishimiz lozim.

Hozir qiyin davr. Bu mavsum kutganimizdek o'tmadi, ammo qabul qilishga majburmiz. Xatolarni to'g'irlab, keyingi yil munosib o'yin ko'rsatishga umid qilaman" - deydi Navas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca