

UCFGA Assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Pattaxov boshchiligida “Real Madrid” va “Barselona” jamoasi ishqibozlari yani “Madridista Uzbekistan” va “Barcamania Tashkent” muxlislar klubi birgalikda “Nasaf”ning OCHLdagi “Al Xidd”ga qarshi “pley-off” uchrashuvida vakillarimizni qo'llab-quvvatlash uchun “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurishgandi. O'sha uchrashuvda “ajdarlar” raqiblarini yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgandi.
Endi esa “Nasaf” jamoasini qo'llab-quvvatlagani uchun qarshiliklar ham “Barcamania Tashkent” muxlislar klubini qo'llash uchun UCFGA Assosiaciyasiga qarashli “UzArena”ga tashrif buyurdi. “UzArena”ga yig'ilgan mehmonlar Ispaniya kubogi yarim final bosqichi dastlabki uchrashuvidan o'rin olgan “Atletiko” va “Barselona” qarama-qarshiligi guvohi bo'lishdi. Ushbu bahsda “Barselona” klubi raqiblarini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
Bunday loyihalar UCFGA Assotsiatsiyasi tomonidan o'zbek futboli rivoji uchun amalga oshirilmoqda. UCFGA Assotsiatsiyasi bilan birgalikda “Barcamania Tashkent” va “Madridista Uzbekistan” muxlislar klubi o'zbek klublari bilan hamkorlikda ularni qo'llab-quvvatlash niyatidalar.






