“Nasaf” PFK taqdimot marosimiga taklif etadi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2015, 14:43
Qarshining “Nasaf” jamoasi o'z tarkibiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimini o'tkazadi.
19 fevral kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 14:00da boshlanadigan ushbu tadbir ikki qismdan iborat bo'ladi.

Tadbirning birinchi qismida klub rahbariyati tomonidan “Nasaf”ning yangi futbolchilariga ular uchun atalgan futbolkalar tantanali ravishda topshiriladi

Ikkinchi qismda ommaviy axborot vositalari xodimlari “ajdarlar”ning yangi a'zolariga aylangan futbolchilar,  bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev hamda klub bosh menedjeri Shamil Yarulin bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Taqdimot marosimida OAVning barcha sohasida  faoliyat yuritayotgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz