"Nasaf" OCHL o'yinini o'tkazish uchun Qatarga yetib bordi

Aziz Tukhtamuradov
16 fev 2023, 07:34
Qarshining "Nasaf" jamoasi Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida pley-off o'yinini o'tkazishidan xabaringiz bor.

Yurtdoshlarimiz Saudiyaning "Al Shabab" jamoasiga qarshi o'yinda qatnashish uchun Qatar poytaxti Doha shahriga yetib borishdi. 

Ular Dohadagi "Pullman" mehmonxonasiga joylashdi, deya xabar qildi klub matbuot xizmati

Eslatib o'tamiz, OCHL nimchorak finali doirasidagi "Al Shabab" - "Nasaf" uchrashuvi 19 fevral kuni Qatarda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia