“Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvi chiptalari sotuvda

Narzulla Saydullayev
6 okt 2017, 15:30
“Nasaf” ertaga 7 oktyabr shanba kuni “Markaziy” stadionda O'zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvida “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi. Muxlislarga, ertaga “Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvi kuni Qarshi shahrida ob-havo ochiq bo'lishini va 18 daraja issiq bo'lishi kutilayotganini aytib o'tmoqchimiz.

"Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuviga chiptalar sotuvi bugundan stadion chiptaxonalari orqali sotuvga chiqarildi.


Chipta narxlari quyidagicha:

CIP sektor – 25 000 so'mdan

Markaziy sektorlar (1, 2, 6, 7, 8) – 10 000 so'mdan

2-qavatdagi sektorlar (12, 13, 14, 15, 16, 17, 18) – 8 000 so'mdan

Qolgan sektorlar (3, 4, 5, 9, 10, 11) – 5 000 so'mdan

Quyidagi surat orqali “Markaziy” stadiondagi sektorlar joylashuvini bilib olishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz