"Nasaf": "Kamoliddin, biz doim sen bilan birga!"

Narzulla Saydullayev
31 okt 2014, 09:58
Futbolchilarning tashabbusi bilan Kamoliddin Kenjaev uchun atalgan xayriya akciyasi boshlanganidan xabaringiz bor.
Bir qator klublarimiz ushbu akciyada ishtirok etishlarini ma'lum qilishdi.

Qarshining "Nasaf" klubi Kamoliddinning qadrdon jamoasi sanaladi. Klub har oyda futbolchiga moddiy yordam berib kelmoqda.

Kuni kecha jamoa a'zolari birgalikda suratga tushib mazkur akciyada ishtirok etishlarini bildirishdi. Bundan tashqari barcha sahiy insonlardan xayriya akciyasida qatnashishni so'rab qolishdi.


Buni hamma o'qishi shart! Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz, akciyada ishtirok eting!

"Kenjaevga yordam beramiz" akciyasi avjiga chiqdi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia