"Nasaf" futbolchisi g'aroyib natijaga erishdi

Narzulla Saydullayev
6 may 2018, 14:02
Superliganing 10-turida "Nasaf" Toshkentda "Bunyodkor" mehmonibo'lib 1:2 hisobida yutqazdi.

Mazkur bahsda "ajdarlar" safida yagona golni hujumchi Sherzod Temirov urdi.  Shu tariqa, futbolchi Superligadagi debyut golini urishga muvaffaq bo'ldi.

1998 yilda tug'ilgan Temirov "Nasaf" tarkibida bu mavsum ham yoshlar ligasi, ham Superligada gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi.

Hujumchi yoshlar ligasida ushbu mavsum bugungi kunga qadar 5ta gol urishga erishdi.

Agar butun Superligani hisobga olsak Pavel Purishkin "Metallurg" va Sahob Rashidov "So'g'diyona" oldinroq shunday natija qayd etishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia