“Nasaf” FM tarbiyalanuvchilari Toshkentga jo'nab ketishdi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2017, 11:51
“Nasaf” futbol maktabining 2008 yilda tug'ilgan (9 yosh) tarbiyalanuvchilari kuni kecha Toshkent shahriga jo'nab ketishdi.

Nodir Xalimov va Jamshid Azizov murabbiyligidagi ushbu tarbiyalanuvchilarimiz 10-11-12 mart kunlari o'tkaziladigan "QALDIRG'OCH" futbol festivalida ishtirok etishadi.

Ma'lumingizkim, ushbu futbol festivali  "CA", "Best Sport Media" va Toshkent shahar futbol federatsiyasi o'zaro hamkorligi natijasida tashkil qilinmoqda.

Mazkur festivalda 12ta jamoa ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar 3 guruhga bo'lingan holda bahs yuritishadi.

Futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari musobaqaning “A” guruhidan joy olishgan. Ular Toshkentning “Chelano”, “Yoshlik” va “Paxtakor”-1 jamoalari bilan bir guruhda bahs yuritishadi.

Bugun tarbiyalanuvchilarimiz ilk uchrashuvda  “Paxtakor” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

"A" guruhi: "Chelano" (Toshkent), "Yoshlik" (Toshkent), "Paxtakor"-1 (Toshkent), "Nasaf" (Qarshi)

10:30. "Chelano" – "Yoshlik"
11:30. "Paxtakor" – "Nasaf"

Musobaqada Nodir Xalimov va Jamshid Azizovlarning shogirdlari – “Nasaf” futbo maktabimiz tarbiyalanuvchilariga omadlar tilab qolamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz