“Nasaf” Eronga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2018, 19:49
Qarshining "Nasaf" klubi delegaciyasi bugun kunning ikkinchi yarmida Toshkent-Istanbul-Tehron havo yo'nalishi orqali Eronga yetib bordi.

Klub delegaciyasini Tehron aeroportida “Persepolis” klubi rasmiylari iliq kutib olishdi. "Nasaf" rasmiylari va  jamoa futbolchilari Tehron shahridagi “PARSIAN AZADI HOTEL”ga joylashishdi.

"Ajdarlar" bugun kechki payt mashg'ulot o'tkazishni ham rejalashtirgan.

Eslatib o'tamiz, "Persepolis" - "Nasaf" uchrashuvi 13 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:45da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz