"Nasaf" chempionligi ortidan "Nasaf-farm" ham Birinchi liga g'olibligini qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
8 noya 2024, 16:58
Bugun Birinchi liga musobaqasida "Nasaf-farm" hamda "Qiziriq" jamoalari o'rtasida final bellashuvi tashkil qilindi.

Unda qarshiliklar peanltilar seriyasiga ko'ra zafar quchib, liga g'olibligiga erishishdi.  

Birinchi liga. Final

"Qiziriq" – "Nasaf-farm" 1:1 (penaltilar bo'yicha – 2:4)

Toshkent. Odil Ahmedov FA maydoni

Gollar: Muhammadali Mavlonov, 24 (0:1), Bobur Pardaev, 29 (1:1)

Reglamengta ko'ra, mavsum yakunida Pro liga yo'llanmasi qaysi jamoa(lar)ga taqdim etilishi hamda Birinchi ligani qaysi jamoa(lar) tark etishi masalasi Liga tomonidan aniqlanadi. Liga qaror qabul qilishda jamoalarning mavsum davomidagi ishtiroki, hujjatlarni yuritish ishlari, buxgalteriya hisobotlari, maydonlar va ulardagi o'zgarishlar licenziyalash talablariga qanchalik mos tushishi kabi holatlarni monitoring qilishdagi xulosalarni inobatga oladi. Shunday ekan, qaysi jamoalar rasman Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritgani hozircha ma'lum emas. 

"FarDU" ilk ishtirokidayoq Birinchi ligada 3-o'rinni band etdi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia